Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi O`zbekistondan tabiiy gaz sotib olish hajmini oshirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, haridning oshishi to`g`risidagi kelishuvga o`tgan yilning ohirida kelingan.
Avvalroq "Gazprom eksport" “Turkmangaz” Davlat korporasiyasidan gaz harid qilishni tugatganini ma`lum qilgandi.
Gaz sotib olish xalqaro gaz bozoridagi vaziyat, shuningdek “Gazprom eksport”ning moliyaviy va iqtisodiy muammolari sabab tugatilgan edi.





