AsosiySUG'DIYONA

Savr — har qanday sohada birinchi bo`lasiz

Yangi yilda Savrlarning hayot tarzi juda faol tus oladi. Ularning har bir faoliyatida yuqori darajadagi jo`shqinlik hukmron bo`ladi. Bekorchi ishlar vaqtingizni o`g`irlamasligi uchun barcha o`ylagan ishlaringizda aniq reja tuzib harakat qiling. Agar o`tgan yili nihoyasiga etkazishni istamagan yoki nihoyalashga imkon etmagan ishlaringiz bo`lsa, ularni omadli yakunlashning vaqti keldi.

Aynan shu yilda siz o`zingizni har qanday sohada sinab ko`rishingiz mumkin. Shu bilan ijobiy jihatlaringizni ham ko`rsatish imkoni tug`iladi. Agar kim bilandir bahslashib, g`alaba qo`lingizda ekaniga ishonchingiz komil bo`lsa, sizni engish oson kechmaydi. Savrlar uchun to`g`ri ma`lumot olishning eng yaxshi yo`li, suhbatdoshini diqqat bilan tinglay olishdir. Aynan shunday suhbatlar jarayonida muammolaringizga echim bo`lishi mumkin bo`lgan, shu bilan birga maqsadlaringizga erishish yo`lidagi yangi g`oyalar tug`iladi.

ShAXSIY HAYoT

Kelayotgan yil sizga yoqimli va ijobiy hissiyotlarni tuhfa etadi. Atrofingizdagi insonlar sizga alohida e`tibor va mehr bilan munosabatda bo`lishadi. Yorqin hissiyotlar o`z qurshoviga oladi. Hayotingizda katta o`zgarishlar olib kelishi mumkin bo`lgan safarga chiqishingiz mumkin. Keyinchalik yaqin do`stingizga aylanishi mumkin bo`lgan insonlar bilan tanishasiz. Ular shaxsiy hayotingizda muhim o`rin egallab, qiyin vaziyatlarda hamisha ko`makdosh bo`lishadi. Hali turmush qurmagan Savrlar esa yaqin kelajakda o`z taqdirini bog`lashi mumkin bo`lgan insonni uchratishi ehtimoli yuqori. Shunday lahzalar bo`ladiki, sizni xato va kamchiliklaringiz bilan sevishlari va qadrlashlari hayotni ko`zingizga yanada go`zal qilib ko`rsatadi. Shuni yoddan chiqarmangki, sizga qanday muomalada bo`lishsa, shunga yarasha javob qaytarishingiz lozim. Yo`qsa, munosabatlaringiz uzoqqa bormaydi.

Yil boshi yaqin insoningiz bilan munosabatingizni izga solish va uzoq kelajak uchun tuzgan rejalaringiz bilan xotirjam o`rtoqlashishga imkon tug`diradi. Bu vaqtda yuzaga kelgan kichik kelishmovchiliklarni oson va tinch yo`l bilan hal etish mumkin.

Savrlar hayotida yilning bahor fasliga kelib oilaviy munosabatlar borasida biroz tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Sizni oilaga kam e`tibor berayotganlikda, farzandlaringizning yutuqlari va ularning tarbiyasiga umuman ahamiyat qaratmayotganlikda ayblashadi. Oilada xotirjam muhitni saqlab qolish uchun vaziyatni batafsil tushuntirishga harakat qiling. Shunday qilingki, yaqinlaringiz sizsiz o`zlarini yolg`iz his etishmasin. Hech bo`lmaganda kechki vaqt ular uchun vaqt ajrating. 2016 yil oxirlari Savrlar uchun ertaknamo tus oladi. Sizni mehr va e`tibor qurshab oladi. Aynan shu vaqtga kelib nafaqat ish, balki shaxsiy munosabatlar ham samarali tus oladi. Ota-onangiz dala hovli qurish, uy uchun kerakli va foydali biror katta narsaga ega bo`lishingizda yordam berishadi. Yulduzlar kayfiyatingizni buzishi mumkin bo`lgan turli gap-so`zlarga e`tibor bermaslikni maslahat berishayapti. Shaxsiy munosabatlarda esa hatto eng yaqin do`stingizga ham quloq solmagan ma`qul. Barchasini yuragingiz buyurganidek qiling.  

Karera va moliya

2016 yilda Savrlar uchun uddaburonlik va ishbilarmonlik birinchi o`rinda turadi. Hozir kerakli natijaga erishish uchun tezkor qaror qabul qilish zarur. Biror masalaga faollik bilan yondoshuvingiz albatta samarali natija beradi. Ishda yuqori cho`qqilarni egallashni istagan bu burj vakillari o`z maqsadlariga faqatgina qattiq harakat qilishsagina erishishlari mumkin. Shundagina rahbariyat ularga e`tibor qaratadi. Shundan so`nggina siz yangi lavozimga o`z nomzodingizni qo`yishingiz mumkin. Yoz fasli ish borasida sokin davr hisoblanadi. Yaxshisi ishdan biroz chalg`ib, oilangizga ko`proq e`tibor qaratishingiz ma`qul bo`ladi. Bu vaqtdan unumli foydalanib yaxshilab kuch to`plab oling, yil oxiriga kelib o`z faolligingizni namoyon etib, yangi loyihalar ustida ishlashingizga to`g`ri keladi. Shundan keyingina siz o`z sohangiz bo`yicha yangi qirralaringizni namoyon etishingiz yoki umuman faoliyat yo`nalishingizni o`zgartirishingiz mumkin. Shu orqali sizda qo`shimcha daromad keltiradigan manba paydo bo`ladi. Lekin avval puxta o`ylab olishingizga to`g`ri keladi.

Fevral va mart oylarida Savrlarning moliyaviy ahvoli o`rtacha bo`ladi. Faoliyatiga nisbatan shubha tug`ilgan biror firma bilan aloqa o`rnatmaganingiz ma`qul. Bunday holatlar katta moliyaviy yo`qotishlarga olib kelishi mumkin. Kuzga kelib esa moddiy jihatdan o`zingizni ancha o`nglab olasiz.

Salomatlik

Yangi yilda Savrlar  agar to`laqonli ta`tilga chiqa olsalar, o`zlarini ancha yaxshi his qilishadi.

Bahorda noto`g`ri kun tartibi tufayli bosh og`rig`i bezovta qilishi mumkin va bu ish faolligingizga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Imkon qadar ko`proq hordiq chiqarishga harakat qiling. Kuchingizni rzimas ishlar uchun sarflamang. Agar vazningizdan shikoyatingiz bo`lsa va undan qanday qilib bo`lmasin qutulishni istasangiz, hech bo`lmaganda bir necha kilogrammga ozishni o`ylayotgan bo`lsangiz , ovqatlanish tartibiga qat`iy rioya qiling. Yoga, fitnes kabi mashg`ulotlar bilan shug`illanishning ayni vaqti. Yulduzlar parhez tutishni “maslahat berishmoqda”. Kuz va qish oylarida shamollash bezovta qilishi mumkin. Shu bois ham immunitetingizni oshirishga  e`tibor bering. Buning uchun esa toza havoda ko`proq yurib, profilaktika davolash choralarini ko`rish kifoya. Muzdek suv yoki mahsulotlarni iste`mol qilish yaramaydi. Bu jiddiy asoratlarga olib keladi.

SAVR-ERKAK

Maymun yili erkak Savrlarni nafaqat atrofdagilarning hayratiga sabab bo`ladigan, balki o`zlarini ham hayron qoldiradigan xatti-harakatlar qilishga undaydi. Ularda hech qachon uchramagan parishonlik holati kuzatilishi ehtimoli ham bor. Bu esa ularning yanada kuch yig`ib olishlariga, hayotiy imkoniyatlari va atrofdagilar bilan munosabatlarini tahlil qilishga imkon beradi. Yil o`rtalariga kelib o`z maqsadlarini ro`yobga chiqarishlari mumkin bo`ladi. Yilning 12 oyi mobaynida bu burj erkaklarini bilim olish va yangi narsalar yaratish istagi ich-etini kemiradi. Olingan ko`nikma va bilimlar Savrlarning hayotini ijobiy tomonga o`zgarishiga sabab bo`ladi. Shu bilan birga bu vaqt oralig`ida ko`p maosh to`laydigan ish qidirib topish ham mumkin. Siz yangi ishlar boshlashingizda ko`makdosh bo`ladigan insonlar bilan tanishasiz.

SAVR-AYoL

Ishda yuzaga kelgan ayrim muammolar tufayli yil biroz omadsiz boshlanishi mumkin. Lekin bahorning oxirlariga kelib hammasi ortda qoladi. Maymun yilida ayol Savrlarning oilaviy munosabatlar bobida diplamat bo`lishlari talab etiladi. O`rtada paydo bo`lgan nizoli holatdan chiqib ketish uchun qiyin vaziyatda kerakli so`zni ayta olish qobiliyatingiz va faylasufona yondoshuvingiz ko`mak beradi. Bu davr ijod ahli uchun ham juda samaralidir. Hattoki, ilgari o`zida biror iqtidor sezmagan kishilar ham yangi qobiliyatlarini kashf etishlari mumkin. Yilning ikkinchi yarmi, avgust, sentyabr va oktyabr oylari oila qurishni rejalashtirish uchun qulay vaqt.

Intizom birinchi o`rinda

Savr burji vakillariga xos bo`lgan xususiyatlar, bu — an`analarni yoqlash, ishga jiddiy yondashuv, sog`lom fikrlilik, moddiy turg`unlikka intilish va saxiylikdir. Bu burj vakillari hech qachon xayoliy maqsadlar uchun tavakkal qilib pul sarflashmaydi. Ularning ko`pchiligi iqtisodchi, bank xodimi va siyosatchilikni tanlashadi. Aniq, mantiqiy, tartibli masalalar aynan Savrlar uchun. Ular omadga ham aynan tartib-intizom orqali erishadilar.

Etti o`lchab, keyin kesing

“Nima eksang, shuni o`rasan”, 2016 yil oxiriga kelib aynan shu naqlning ijobatini ko`rishingiz mumkin. Sizning har bir harakatingiz va qabul qilayotgan qarorlaringiz aql va hissiyotlaringiz uyg`unligida amalga oshishi zarur. Har bir qadamingizni o`ylab bosing, shunda rejalaringiz amalida hech narsa sizga halal bera olmaydi. Bugungi qilgan mehnatingizning samarasini ertaga albatta ko`rasiz.

 



    Boshqa yangiliklar