O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yangi interaktiv xizmati fuqarolarga doimiy propiska qilish uchun onlayn ariza taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu haqda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali "Mygov.uz" xabar bermoqda.
Ushbu xizmatning natijasi bo`lib O`zbekiston Respublikasi fuqarosini doimiy propiska qilishga qabul etish hisoblanadi.
Propiska qilish - respublika hududida shu kunning o`zida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida - 3 kunda amalga oshiriladi.
Xizmat uchun haq to`lanib, jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
04.01.2016 09:00





