Birlashgan Arab Amirliklarida o`quv-yig`in mashg`ulotlarini davom ettirayotgan O`zbekiston olimpiya termasi bugun Xitoyga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Xabaringiz bor, olimpiyachilarimiz Osiyo chempionati oldidan so`nggi tayyorgarlik jarayonini Dubayda davom ettirmoqda.
6 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi so`nggi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkaziladi va terma jamoa 9 kuni Qatarga uchib ketadi. Olimpiya yo`llanmasi uchun bo`ladigan Osiyo chempionatini vakillarimiz 13 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi bahs bilan boshlaydi.





