AsosiyDunyo

Hindistonda ro`y bergan kuchli zilzila oqibatida olti kishi halok bo`ldi

4 yanvar kuni Hindistonning shimoli-sharqida sodir bo`lgan 6,7 magnitudali zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 6 kishiga etdi, jabrlanganlar 100 nafarni tashkil qildi, deya xabar beradi ANI.

AQSh Geologik xizmati ma`lumotlariga ko`ra, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 04:05 da Hindistonning Manipur shtatida ro`y bergan. Zilzila o`chog`i 55 kilometr chuqurlikda, davomiyligi esa bir daqiqa bo`lgan.

Zilzila oqibatida bir nechta uylar vayron bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar