AsosiyShou-biznes

Shahzoda Google’da eng ko`p qidirilgan shaxs bo`ldi

Xonanda Shahzoda Google qidiruv tizimida o`zbekistonliklar tomonidan eng ko`p qidirilgan shaxs bo`ldi. Bu haqda Daryo nashri Time’ga asoslangan holda xabar bermoqda.

Google ma`lumotlariga ko`ra, Qozog`istonda eng ko`p qo`shiqchi Qayrat Nurtas, Qirg`izistonda rossiyalik xonanda Timati, Tojikistonda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon, Turkmanistonda argentinalik futbolchi Lionel Messi, Afg`onistonda esa portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu qidirilgan.

Umuman Google’da ismi eng ko`p qidirilgan mashhurlar reytingida futbolchi Lionel Messi, amerikalik model Kim Kardashian, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu, amerikalik xonanda Niki Minaj, yana bir amerikalik xonanda Rianna peshqadamdir.

 

    Boshqa yangiliklar