AsosiySUG'DIYONA

96 yoshli ayol 91 yoshli sevgilisiga turmushga chiqadi (foto)

Sevgi yosh tanlamaydi! 96 yoshli britaniyalik ayol 91 yoshli sevgilisidan turmush qurish taklifini oldi.

Juftlik to`yni 16 yanvar kuni nishonlamoqchi.

Bill Griffits va Flo Marshelsey 10 yildan beri birga, ammo turmush qurish qaroriga endi keldi. Bill va Floning to`yida juda ko`p qarindoshlari bo`ladi: ularning har ikkisida umumiy — besh farzandi, 14 nabira va etti evarasi bor!

Juftlik bir-birini 30 yildan beri taniydi, ilk bor ular 1982 yilda raqs klubida tanishgan. Flo o`sha vaqtda beva edi. Billning rafiqasi 1997 yilda vafot etgan, keyinroq ular o`rtasida ishqiy munosabatlar boshlangan.

Ayni damda eng keksa turmush qurgan juftlik britaniyalik Jorj Kirbi va Dorin Lakilardir. To`ylari vaqtida ular 103 va 91 yoshda edi.

    Boshqa yangiliklar