Yangi – 2016 yil kirib kelishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va jamoat arboblari Prezidentimiz va O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va omonlik tilab, o`zlarining ezgu niyatlari izhor etilgan samimiy qutlovlarini yuborganlar.
Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llaganlar:
Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti – Barak Xuseyn Obama
Rossiya Federasiyasi Prezidenti – Vladimir Putin
Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi – Dmitriy Medvedev
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Szinpin
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri – Li Kesyan
Koreya Respublikasi Prezidenti – Pak Kin Xe
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo`mondonining o`rinbosari, Abu Dabi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri – Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Ispaniya qiroli – Felipe VI
Polsha Respublikasi Prezidenti – Anjey Duda
Kanada General-gubernatori – Devid Lloyd Jonston
Qozog`iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboev
Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon
Qirg`iz Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atambaev
MDH Ijroiya qo`mitasining raisi – Ijro etuvchi kotibi – Sergey Lebedev
Tabriknomalar kelishi davom etmoqda.





