AsosiyJamiyat

«O`zbekiston havo yo`llari» onlayn aviachipta sotishni yo`lga qo`yadi

2016 yilning 5 yanvaridan «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi mahalliy parvozlar uchun onlayn tarzda aviachipta sotish va bron qilish xizmatini yo`lga qo`yadi, deya xabar beradi aviakompaniya axborot xizmati.

To`lovlar SMS-xabarnoma bank xizmati yoqilgan UzCard plastik kartasi bilan amalga oshiriladi.

Yo`lovchining joyi bron qilingach, internet orqali to`lovlar amalga oshirilgach, mijozning bron qilish vaqtida kiritilgan elektron pochtasi va mobil telefoniga elektron shakldagi barcha ma`lumotlar batafsil keltirilgan chipta yuboriladi.

Aeroportda ro`yxatdan o`tish jarayonida saytdan yuborilgan elektron aviachipta va pasportni taqdim etilishi lozim. Aviachiptani bron qilish va to`lovlarni amalga oshirishni parvozdan uch soat oldin amalga oshirish kerak.

Xizmat faqat 18 yoshga to`lgan O`zbekiston fuqarolari uchun taqdim etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar