Rossiyaning “Golos” loyihasida asli samarqandlik Era Kann final bosqichida 4 o`rinni egalladi. Bu haqda “Uz24.uz” sayti xabar bermoqda.
Era Kann(asl ismi Irina Brucheeva)1993 yilda Samarqand shahrida tug`ilgan. Keyinchalik esa oilasi bilan Rossiyaning Saratov shahriga ko`chib ketgan.
Hozirgi vaqtda Era Moskvada yashab, ijod qiladi. “Golos” loyihasida Era reper Bastaning guruhidan ishtirok etdi va finalgacha bordi.
Bundan avval ham “Golos. Deti” loyihasida o`zbekistonlik 15 yoshli Sabina Mustaeva ishtirok etib, g`alaba qozongan edi. Maksim Fadeev guruhidan ishtirok etgan Sabina Aerosmith guruhining Crazy qo`shig`ini ijro etgan edi.





