AsosiyShou-biznes

Jasur Umirovning yangi klipida ham Anvar Sanaev ishtirok etadimi?

Jasur Umirovning so`nggi paytlarda yaratgan barcha qo`shiqlari katta muhokamalarga sabab bo`layotgani barchaga ma`lum.

“Kaburatim” nomli klipida Jasur Umirovni ko`rib, Anvar Sanaevni “unutib qoldirgan” klipmeyker sahnasi ham etirozlarga sabab bo`lgan edi. Sanaev bu rolga qanday rozi bo`lgan degan munozaralar bo`lgan.

Umirovning yangi klipni suratga olish ishlarini yakunlaganini eshitib, klip haqida ma`lumot olish uchun xonandaning ma`muri bilan bog`landik.

—Klip haqida qisqacha ma`lumot bersangiz?

—Qo`shiq nomi borasida bir qarorga kelinmadi, “Qalaysiz qizlar” deb nomlasak kerak. Klipni Narimon Sultonxo`jaev 3 kun mobaynida suratga oldi. Qo`shiq so`zi va musiqasi Zafar Qodirovga tegishli.

—Nima sababdan 3 kun vaqt ketdi?

—Ob havoning injiqligi sabab

—Bu klipingizda ham Anvar Sanaev ishtirok etganmi?

—Yo`q.

 

    Boshqa yangiliklar