25 dekabr kuni butun dunyo katoliklari Grigorian taqvimi bo`yicha Rojdestvo bayramini nishonladi. Mazkur bayramni yurtimizda istiqomat qilayotgan katoliklar ham munosib kutib olishdi.
Toshkent shahridagi Rim-katolik cherkovida nasroniy dinining ushbu muqaddas bayramiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. 15 dekabrga o`tar kechasi boshlangan bu tadbirda ko`pchilik tashrif buyurdi. Tadbir rus, ingliz va koreys tillarida olib borildi.
Ma`lumki, mamlakatimizda turli konfessiyalar vakillari bir oila a`zolari singari ahil-inoq yashab kelishmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy bag`rikenglik siyosati bu o`lkada istiqomat qilayotgan har bir insonning o`zi xohlagan dinga e`tiqod qilish imkonini beradi.
“Mamlakatimizdagi bu bag`rikenglik tufayli, biz katoliklar ham o`z ibodatlarimizni bekamu ko`st ado etib kelmoqdamiz, - deydi cherkov xizmatchilaridan biri, Stanislav ota. - Yurtimizda har bir insonning vijdon va e`tiqod erkinligi himoyasi qonunan kafolatlangan. Biz bunday juda xursandmiz.Bunday bag`rikenglik, hamjihatlikni dunyoning ko`plab mamlakatlarida uchratishning iloji yo`q. Bugungi tadbir ham ana shunday odilona insonparvarlik siyosatining amaldagi ifodasidir.
Bayram munosabati bilan maxsus bezatilgan archa atrofida bolalar Rojdestvo qo`shiqlarini kuylashdi, turli sovg`a-salomlar tarqatildi.
Bunday bayram tadbirlari mamlakatimizning boshqa shaharlarida ham o`tkazildi.





