AsosiyDunyo

Turkiyadagi to`qnashuvlar oqibatida odamlar uylarini tark etmoqda

100 mingga yaqin kishi Turkiyada faoliyati cheklangan Qurdiston ishchilar partiyasi va harbiylarning to`qnashuvlari sababli uylarini tashlab chiqishga majbur bo`ldi, bu haqda Hurriyet gazetasi Turkiya IIVning hisobotiga asoslanib xabar bermoqda.

Hukumat qurdlar yashaydigan bir qator hududlarda, xususan Diyorbakir shahrining Sur tumanida, Jizrada va Shirnoq provinsiyalarida kommendant soati e`lon qildi.

Antiterrorchilik operasiyalarida 10 mingga yaqin harbiylar va polisiyachilar ishtirok etmoqda. Ko`chalarda faol otishmalar davom etmoqda. So`nggi sakkiz kunda to`qnashuvlar oqibatida 168 qurd jangarilari va xavfsizlik xizmatining to`rt xodimi halok bo`ldi.

Hisobotda aytilishicha, Turkiyaning beshta qurolli to`qnashuv hududida 1,3 millionga yaqin kishi iste`qomat qiladi. Ulardan 100 ming nafari uylarini tashlab chiqqan.

 

    Boshqa yangiliklar