O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining yangi xizmati ishga tushdi.
Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida ishga tushgan yangi xizmat bola tug`ilganda bir martalik nafaqa tayinlash masalasini qisqa muddatlarda hal etish imkonini yaratadi.
Buning uchun onlayn tarzda ariza yo`llash kifoya. Xizmat bepul ko`rsatiladi.





