Bugungi kunda milliy avtosanoatimiz mamlakatimizning jadal rivojlanib borayotgan sohasi bo`lib, u O`zbekistonning eskport imkoniyatining yaqqol namunasi, mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati rivojida katta ahamiyat kasb etadi.
«O`zavtosanoat» AK tarkibiga 70 ta korxona, xususan «GM Uzbekistan» AJ, «Samarqand avtomobil zavodi» MChJ, «JV MAN Auto — Uzbekistan» QK MChJ kiradi.
Bugun «O`zavtosanoat» tizimida 25 ming nafar xodim faoliyat yuritadi, uning yillik aylanmasi esa $4 mlrd. tashkil qiladi, bu haqda Infocom.uz nashrida ma`lumot beriladi.





