AsosiyDunyo

Meksikada o`nlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH yuz berdi

Meksikaning Mexiko shtatida 24 dekabr, payshanba kuni o`nlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH yuz berdi, deb xabar beradi “TASS”.

Hozirda hodisa joyida o`nlab qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Yo`l-transport hodisasi oqibatida  to`qqiz kishi halok bo`lganligi, 25 tadan ortiq kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Og`ir tan jarohati olgan shaxslarni evakuasiya qilish uchun vertolyot jalb qilingan.   

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yirik YTH ikki yuk mashinasining noqulay ob-havo sharoiti tufayli to`qnashuvi sabab yuzaga kelgan. Mahalliy OAVda chop etilgan suratlarda ikki yuk mashinasi kabinasi orasiga tiqilib qolgan avtomobil aks etgan. Engil avtomobil ichidagi to`rt kishining barchasi halok bo`lgan.  Hozirda Sumpango va Tultepek shaharlari oralig`idagi trassaning avtohalokat yuz bergan qismi yopib qo`yilgan.  Shtat prokuratura organlari hodisa yuzasidan tekshirish ishlarini olib bormoqda.

Bundan oldin 23 dekabr chorshanba kuni Verakrus shtatida yo`lovchi tashish avtobusi ag`darilishi oqibatida 11 kishi halok bo`lgan edi. 

    Boshqa yangiliklar