IShID terrorchilik guruhi jangarilari Ar-Ramadi shahrida 50 nafar sobiq safdoshlarini boshini tanasidan judo qildi.
Bu haqda Iroqning Al Sumaria kanali xabar beradi.
Bu ekstremistlarning o`z safdoshlari bilan amalga oshirgan birinchi holati emas, ammo bu safar qatl maydonni tark etish yoki qo`rqoqlik bilan bog`liq emasdi. OAV ma`lumotlariga ko`ra, Ar-Ramadidagi janglar chog`ida jangarilar bellariga portlovchi modda o`rnatilgan moslamani taqishdan bosh tortgani uchun boshdan judo qilingan.
Ta`kidlanishicha, barcha qatl etilganlar IShID jangarilari qatoriga dekapitasiyadan avval kirgan.





