AsosiySport

Odil Ahmedov va Temur Kapadze hamda futbol yulduzlari yuragi xasta bolakay uchun o`ynashdi (Video)

Kuni kecha Odil Ahmedov va Temur Kapadzening do`stlaridan iborat jamoalar o`rtasida xayriya aksiyasi bo`lib o`tdi.

Yurak xastaligiga chalingan Hasanjon Ergashevga bag`ishlab o`tkazilgan shou o`yini o`zgacha kayfiyatda o`tdi, deya xabar beradi Championat asia nashri.

Mazkur o`yin bloger, huquqshunos, Xushnudbek Xudoyberdiev bilan hamkorlikda o`tkazildi. Bemor ukamiz uchun allaqachon kerakli mablag` deyarli yig`ilib bo`lingani uchun bugungi o`yin Hasanjon uchun hayotga bo`lgan umidini kuchaytirishga bag`ishlandi deb aytsak mubolag`a bo`lmaydi.

Shouga O`zbekiston milliy terma jamoasi yulduzlari, futzal bo`yicha Osiyo chempionatiga hozirlik ko`rayotgan yigitlardan tashqari, tomoshabinlar qatoridan taniqli murabbiy Mirjalol Qosimov, O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasining bosh kotibi Oybek Kasimov va O`zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o`rinbosari Murod Aliev o`rin olishdi.

Uchrashuvga ikki jamoa ham "Sen albatta sog`ayib ketasan, Hasanjon!" nomi ostidagi futbolkalarda zalga tushib kelishdi. 6 yoshli Hasanjon va uning 4 yoshli ukasi Imomjon "Joma" kompaniyasi tomonidan maxsus tiktirilgan futbolkalarda Ahmedov va Kapadzening qo`lini ushlab zalga kirib kelishdi

O`yin Odil Ahmedov jamoasining g`alabasi bilan yakunlandi - 13:11

Hakamlar: Shuhrat Po`latov, Umid Po`latov.

Odil Ahmedov jamoasi: Rustam Umarov, Odil Ahmedov, Kamoliddin Tojiev, Ilhom Suyunov, Samandar Xamroqulov, Alisher Uzoqov, Anvar Soliev, Jasur Hasanov, Mirzakamol Kamolov, Kamoliddin Murzoev, Azim Ahmedov, Dilshod Irsaliev, Islom Ohunov (muxlis). 

Bosh murabbiy: Yoqub Ahmedov (aktyor, Odil Ahmedovning akasi)

Temur Kapadze jamoasi: Ignatiy Nesterov, Ma`mur Ikromov (darvozabonlar), Server Jeparov, Temur Kapadze, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Ildar Magdeev, Lutfullo To`raev, Islom To`xtaxo`jaev, To`labek Akramov, Kozim Murodov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Umid Xudoyberdiev (muxlis). 

Bosh murabbiy: Baxtiyor Ismoilov va Davron Fayziev (Sport sharhlovchisi).

Uchrashuvni futzal bo`yicha JChda hakamlik qilgan Shuhrat Po`latov boshqarib bordi.

Futbolchilar 2016 yil ham mana shunday yig`ilishga va`da berishdi. Bu safar Hasanjonning sog`ayib ketganini nishonlaymiz va unda albatta, muxlislarni ham taklif etamiz. Birinchisi uchun uzr so`radi.

Tahririyatdan: Futbolchilarimiz boshqa bolajonlarga yordam uchun ham ana shunday hayriya aksiyalarini tez-tez o`tkazib turishsa nur ustiga a`lo nur bo`lardi.

 

    Boshqa yangiliklar