«Bojalar» guruhi “Mening yurtim” telekanali buyurtmasiga asosan yangi «Bojalar-drayv» nomli serialni suratga oldi. 21 qismdan iborat bo`lgan mazkur sitkomda yurtdoshlarimizning kundalik hayoti quvnoq syujet tarzida ochib berilgan. Serialda Yangi yil bayramini nishonlayotgan mahalla fuqarolari mehmon sifatida taniqli san`atkorlarni chaqirmoqchi bo`lishadi. Serialda Yangi yil bayrami sarguzashtlari Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Feruza Normatovalar ijrosida haqqoniy talqin etilgan.
25.12.2015 07:03





