Microsoft asoschisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda dunyoning eng boy oilaviy juftligi deb topildi. Bu haqda MarketWatch yozadi.
Wealth-X konsalting kompaniyasi tadqiqotlariga ko`ra, ularning boyligi 85,7 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinchi pog`onani 70,7 milliard dollar bilan Inditex ispan liboslari reteyleri Amansio Ortega rafiqasi Flora Peres bilan egalladi. Uchinchi o`rinda — 65 milliard dollar bilan Uorren Baffet va Astrid Menks.
Reytingdagi to`rtinchi va beshinchi pog`onani amerikalik sanoatchilar. Aka-uka Devid va Charlz Koxlar turmush o`rtoqlari bilan har biri 47,5 milliard dollar sohibi sanaladi.
O`nlikdagi so`nggi pog`onani Facebook tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan 38,5 milliard dollar bilan zabt etdi. Ular Wealth-X tomonidan eng yosh juftlik deb topildi.





