AsosiyJamiyat

Samarqandda joriy yilda yuz bergan YTHlar oqibatida 253 kishi halok bo`ldi

Samarqand viloyatida 2015 yilning yanvar-noyabr oylarida yuz bergan 744 ta yo`l-transport hodisalari oqibatida jami 253 kishi halok bo`lgan. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Samarqand viloyati yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo`limi katta inspektori Zoir Ahmedovning so`zlariga ko`ra, Samarqand viloyatida yo`l-transport hodisalari o`tgan yilga nisbatan 3,4 foizga kamaydi.

O`tib borayotgan 2015 yilda yuz bergan yo`l-transport hodisalarida 253 kishi halok bo`lgan, 636 kishi esa jarohatlangan.  

Yo`l-transport  hodisalarining 7 foizida haydovchilar tomonidan velosipedchilarni urib yuborish holatlari, 24,5 foizida avtomobillar to`qnashuvi, 51 foizida esa piyodalar ishtirokidagi YTHlar kuzatilgan.  

Viloyat yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo`limi katta inspektori Jamshid Meliboevning ma`lumot berishicha, joriy yilda yo`l harakati qoidalarini buzgan 5,5 ming nafar piyoda jarimaga tortilgan. Shuningdek, 11 oy ichida yo`l harakati qoidalariga rioya qilmagan 6,5 ming haydovchi ham ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

    Boshqa yangiliklar