AsosiyShou-biznes

Sarvar: "Rayhon “Javob ber” boshida yoqqanligini tan oldi" (Audio)

Bir necha kun ichida mashhurlikka erishgan Rayhon ijrosidagi “Javob ber” taronasi muxlislar ko`nglidan joy oldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Bugun internet nashrlarida mazkur taronani dastlab Rayhon ijro etishni istamaganligini ma`lum qildi.

Aslida juda omadli chiqqan bu taronani nima sababdan xonanda kuylamoqchi bo`lmaganligining sabablari bilan qiziqdik hamda tarona ijodkorlari sobiq “Benom” guruhi yakkaxoni Sarvar bilan bog`landik.

- 2015 yilda Rayhon bilan bitta musiqiy audio albom yaratish bo`yicha shartnoma imzoladik. “Javob ber” qo`shig`i mazkur albomdan joy olishi kerak bo`lgan navbatdagi qo`shiq. Qo`shiqning so`zi, musiqasi va g`oyasi bizga ya`ni Sarvar va Komilga tegishli. Tarona aslida o`zimiz ijro etishimiz uchun yozilgandi. Keyin esa ulgurmaganligimiz sabablimi mana shu ashulani Rayhonga taklif qildik. Unga yoqdi. Nazarimizda, “Javob ber” musiqiy to`plamdagi eng zo`r qo`shiq bo`lishi mumkin. Klipiga keladigan bo`lsak, g`oyasini Rayhonga taklif qilganmiz, hozirda u suratga olinyapti. Klipdagi bosh rolni Adiz Rajabov ijro etyapti. Lekin klip syujetini Rayhon hozircha sir tutyapti, tayyor bo`lganida baho berasizlar degan.

- Biroq Rayhon Sayyod.com nashriga ushbu taronani ijro etishni istamagani va sizlar uni ko`ndirganingizni aytgan, bu gapga qanday izoh berasiz?

- Qo`shiq boshida o`zimiz aytmoqchi bo`lgani uchun yigit kishining qizga atalgan so`zlarida aytilgan edi, ammo Rayhonga berganimizdan keyin uning so`zlarini qiz nomidan qilib o`zgartirdik.

Shuni aytishim joizki, hamkorlik davomida bir nechta qo`shiqlar avvaliga Rayhonga yoqmagan. U dastlab “Javob ber”da o`zimni ko`rolmayapman degandi. Biz unga qo`shiq unga juda mos tushishini aytib ko`ndirdik. Kuni kecha yangi “Olib ket” degan taronani yaratilish jarayonida Rayhon “Javob ber” menga boshida yoqqan deb tan oldi.

 

    Boshqa yangiliklar