AsosiySport

Lutfulla To`raev Malayziya klubi bilan shartnoma tuzdi

Yakuniga etgan mavsumni “Lokomotiv” safida o`tkazgan Lutfulla To`raev faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan bo`ldi. U Malayziya Superligasi vakili “Felda Yunayted” bilan shartnoma imzoladi.

Shu tariqa To`raev “temiryo`lchilar” bilan xayrlashdi va endilikda boshqa chempionatda faoliyat olib boradi. Eslatib o`tamiz, “Felda Yunayted” joriy mavsumni beshinchi o`rinda tugatdi. Bungacha bu jamoada muxlislarga yaxshi tanish Boyan Miladinovich to`p tepib kelayotgandi. Lekin serbiyalik himoyachi klubni tark etgan.

Lutfulla To`raev yakuniga etgan mavsumni yuqori kayfiyatda o`tkazdi. U ko`p o`yinlarda “Loko”ning asosiy figuralaridan biriga aylandi. Bir-biridan chiroyli gollar urishga muvaffaq bo`ldi. Bejizga u klub rahbariyati tomonidan “Lokomotiv”ning 2015 yildagi “Eng yaxshi yarim himoyachisi” deb topilgani yo`q.

Biz Lutfullaga “Lokomotiv”da o`tkazgan mavsumi uchun rahmat aytamiz va uning keyingi faoliyatida omad tilab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar