AsosiyJamiyat

IIV: bayram kunlari xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan “Tozalash” tadbirida 7 million ob`ekt ko`zdan kechirildi

Bugungi tahlikali zamonda doimo ogoh va sergak bo`lib yashash, safarbarlikni yanada oshirish eng muhim vazifalardan canaladi. Bu yo`nalishda mamlakatimizda tegishli tashkilotlar va keng jamoatchilikning hamkorligi yo`lga qo`yilgan. Yangi yil bayrami arafasida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.   

 – Yangi yil bayrami ko`ngildagidek o`tishini ta`minlash borasida mamlakatimiz bo`ylab keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi  O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta`minlash boshqarmasi boshlig`i Ilhom Turg`unov. – Ushbu yo`nalishda tumanlar, mahallalar va korxonalarda hushyorlik va ogohlikka chorlovchi targ`ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bunday profilaktika ishlari muntazamlik kasb etgani tufayli odamlar ongida farzandini, o`z uyini, mahallasini asrash, uni yomon ko`zlardan, yovuz niyatli kimsalardan himoya qilish tuyg`usi yanada mustahkamlanayotir.

Ichki ishlar idoralari tizimida bayram kunlari tinchlik va xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

 “Tozalash” tadbiri davomida 7 millionga yaqin ob`ekt ko`zdan kechirildi. Natijada 191 mingdan ortiq ma`muriy huquqbuzarlik aniqlandi. Jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi.

2015 yilning o`tgan davrida 2,3 mingga yaqin  mahallada birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo`l qo`yilmagani buning tasdig`idir.

    Boshqa yangiliklar