AsosiyJamiyat

Prezident muddatli harbiy xizmatga chaqiruv to`g`risida Qaror imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida qarori imzolandi.

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2016 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi», deyiladi Qarorda.

Shuningdek muddatli harbiy xizmatni o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2016 yilning mart-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo`shatiladi.

    Boshqa yangiliklar