AsosiyJamiyat

O`zbekiston-Tojikiston siyosiy maslahatlashuvlari muddati aniq bo`ldi

24-25 dekabr kunlari Dushanbe shahrida O`zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi delegasiyalarining siyosiy maslahatlashuvlari bo`lib o`tadi.

Delegasiyalarga tashqi siyosat idoralarining rahbarlari o`rinbosarlari boshchilik qiladi.

Dastavval mazkur uchrashuv 17-18 dekabrga rejalashtirilgan, ammo ayrim sabablarga ko`ra uchrashuv keyingi qoldirilgandi.

Mazkur uchrashuvda asosiy e`tibor ikki mamlakat o`rtasida iqtisodiy, savdo, transport, kommunikasiya masalalariga qaratiladi.

Shuningdek, tomonlar MDH, Yaqin Sharq va Afg`oniston hududlari muammolari yuzasidan fikr almashadi.

    Boshqa yangiliklar