AsosiyDunyo

AQShda yuz bergan tornado oqibatida 6 kishi halok bo`ldi

AQShning Missisipi, Tennessi va Arkanzas shtatlarida yuz bergan kuchli to`fon oqibatida olti kishi halok bo`ldi, kamida 40 kishi jabr ko`rgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, o`nlab uylar vayronaga aylangan. Ikki kishi bedarak yo`qolgan. Vafot etganlar orasida etti yoshli bola ham bor.

Missisipi shtatida tornado oqibatida yuzaga kelgan 14 ta chang girdobi kuzatilgan. Shtatning janubiy qismida joylashgan Klarksdeyl shahri eng ko`p zarar ko`rgan.

“Etkazilgan zararning hajmi juda yirik” — dedi shahar meri Bill Laket. Uning so`zlariga ko`ra, kuchli to`fon 20 ta uyga zarar etkazgan.  Shahar aeroportidagi bir nechta samolyotlar ag`darilib ketgan.  

Sal oldinroq, sinoptiklar AQShning o`nlab hududlarida, jumladan Missisipi, Arkanzas va Tennessi shtatlarida tornado yuz berishi xavfidan ogohlantirgan edi.

    Boshqa yangiliklar