AsosiyJamiyat

iPhone 6 yutib olishni istaydiganlarga ajoyib imkoniyat

O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi Yuridik klinikasi Mehnat kodeksining yigirma yilligi munosabati bilan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasini e`lon qildi.

Viktorinada ishtirok etib, iPhone 6 sohibiga aylanish mumkin.

Viktorinada yoshi, ma`lumoti, o`qish yoki ish joyidan qat`i nazar barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Viktorina Mehnat kodeksi qabul qilinganligiga yigirma yil to`lgan sana – 2015 yil 21 dekabr kunidan boshlanib, Mehnat kodeksi kuchga kirganligiga yigirma yil to`lgan sana – 2016 yil 1 aprel kuniga qadar jami 10 bosqichda o`tkaziladi.

Har bir bosqichda ishtirokchilarga 8 ta test va 2 ta muammoli savol (kazus) beriladi. Ishtirokchilar savollarga muayyan vaqt ichida javob berishlari lozim. Test savollari uchun 15 daqiqa, kazuslar uchun esa 20 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir turda savollarga faqat bir marta javob berish mumkin. Savollar o`zbek va rus tillarida berib boriladi.

Viktorina http://viktorina.yk.uz saytida bo`lib o`tadi.

Viktorinaning bosh sovrini – Apple iPhone 6 smartfoni. Shuningdek, sovrin sifatida noutbuk, planshet va yana boshqa qimmatbaho sovg`alar ham qo`yilgan.

Siz ham mehnat sohasiga oid bilimlaringizni sinab ko`ring va qimmatbaho sovg`alar egasiga aylaning!

 

    Boshqa yangiliklar