Toshkent shahridagi Inha universitetida “Ajoyib matematika” ilmiy-amaliy festivali bo`lib o`tadi.
Festivalning ochilish marosimi 6 yanvar kuni soat 13:00 da bo`lib o`tadi.
Qishki ta`til davrida qiziquvchan va bir oz hafsalasiz bolalar 6-8 yanvar kunlari “Ajoyib matematika” festivalida ishtirok etib, matematika fanining naqadar foydali va ajoyib ekanligiga o`zlari amin bo`lishlari mumkin.
Festivalda o`rta maktab o`quvchilari, kasb-hunar kollej va lisey talabalari, matematika fani ustozlari va barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin. Asosiy maqsad matematika fanini qiziqarli, amaliy mashg`ulot va o`yinlar orqali o`quvchilarga o`rgatish.
Shuningdek, festivalda Janubiy Koreyaning 20 dan ortiq, turli ta`lim muassasalarida matematika fanidan dars beradigan o`qituvchi va vakillar ishtirok etishadi. Festival davomida ular bilan ingliz tilida fikr almashish va fan ustida munozara olib borish imkoni bo`ladi. Festival doirasida o`qituvchi va o`quvchilar orasida turli tanlovlar uyushtiriladi, g`oliblar esdalik sovg`alari va sertifikatlar topshiriladi.
3 kun davomida festivalga 3 mingga yaqin qatnashchilarning tashrif buyurishi kutilmoqda.





