AsosiyJamiyat

IIV O`zbekistondagi kriminogen vaziyat to`g`risida izoh berdi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi asossiz va antijamoatchilikka qarshi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

IIV terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig`i O`ktam Murodovning so`zlariga ko`ra, «Mamlakatdagi vaziyat yuzasidan hech qanday havotirga o`rin yo`q, krimminogen vaziyat ishonchli nazorat ostida». Bu haqda UT nashri xabar bermoqda.

«Toshkent shahar IIBB hududi yaqinida IShIDning qora bayrog`i osib ketilganligi va portlovchi moddalar to`ldirilgan avtomobil topilganligi to`g`risidagi mish-mishlar va g`iybatlar, odamlar orasida sarosima va havotir uyg`otish maqsadida amalga oshirilyapti», – deydi u. 

«Yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz mehmonlarini tinchlantirib shuni aytishim mumkin, huquqtartibot organlari, aholi, mahalla faollari va yoshlar bilan hamkorlikda odamlarning hotirjamligini va tinchligini ta`minlashga doir barcha sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda», – deydi Murodov.  

Shu bilan birga IIV odamlarni hushyorlikka chaqirib, huquq tartibot organlariga har bir shubhali fakt haqida xabar berishni so`ramoqda. «Hushyorlik doim, har soatda, har daqiqada istalgan erda zarur. Faqat shundagina biz xavfsizlik haqidagi omil haqida ishonch bilan gapira olamiz», – deydi O`ktam Murodov. 

 

    Boshqa yangiliklar