“Kolumbiya go`zali”ning emosional holati aks etgan mazkur videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilganidan so`ng qisqa muddat ichida 7 million marta tomosha qilindi.
Ko`rik-tanlov boshlovchisining xatosi bilan dastlab “Koinot go`zali-2015” ko`rik tanlovining g`oliblik toji unga kiydirilgani haqida ma`lumot bergan edik.
Qisqa videorolikda Ariadna Gutteres “Hech narsa shunchaki yuz bermaydi. Men juda baxtliman va qilgan ishlarimdan mamnunman. Menga ovoz berganlarga minnatdorchilik bildiraman” deydi.





