Yangi yil kutish uchun eng qimmat shahar Dubay bo`ldi.
Bu haqda Arabian Business nashr qilgan Travelex tadqiqot kompaniyasining xulosasida ma`lum bo`ldi. Ta`kidlanishicha, bu shaharda o`rtacha Yangi yil kutish har bir mehmonga 1 635 BAA dirhamiga (445 dollarga tushadi).
Ikkinchi o`rinni Nyu-York shahri egalladi. Bu erda sayohatchi Yangi yil kutish uchun o`rtacha 426 dollar sarflaydi. Eng qimmat uchlikni 312 dollar bilan Parij egalladi. Berlin va Amsterdam ham beshlikdan joy oldi.
Ro`yhatda eng qimmat bo`lmagan shahar Edinburg bo`ldi — bu erda Yangi yil kutish sayyohga 195 dollarga tushadi.
14 dekabr kuni World Travel Awards talqiniga ko`ra Dubay eng yaxshi sayyohlik yo`nalishi deb topildi.





