AsosiyJamiyat

Rossiya O`zbekistonga xalqaro islom terrorchiligiga homiylik qilgan jinoyatchini topshiradi

Rossiya Federasiyasi Orlov viloyat sudi 30 yoshli O`zbekiston fuqarosi Shaxobiddin O`rinovni terrorchilikni moliyalashtirishda aybdor deb topdi.

Rossiya Federasiyasi Bosh Prokuraturasining xabar berishicha, u qo`lga olingach va O`zbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.

O`rinov 2009 yilda O`zbekiston Respublikasida «Tabligchilar» diniy-islomiy oqimi tarkibiga kirgan, 2012 yilning mart oyida “Turkiston Islom partiyasi” terrorchilik tashkilotiga qo`shilgan, deya xabar beradi UT nashri.

O`rinv Moskvada yashab, 2012 yilning oktyabr oyigacha Afg`oniston va Pokiston hududida faoliyat olib borayotgan “Turkiston Islom partiyasi”ni qo`llab quvvatlash maqsadida pul to`plagan.

Apellyasion shikoyatlarda O`rinov va uning himoyachisi mazkur ayblovni inkor etgan hamda sud tomonidan jinoiy-prosessual qonunni buzilganligini ta`kidlagan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Sud kollegiyasi Orlov viloyati sudining qarorini o`zgarishsiz qoldirdi.

Rossiya  Federasiyasining Bosh Prokurori o`rinbosari Gennadiy Lopatinning qarori bilan O`rinovni O`zbekiston Respublikasi huquqni himoya qilish organlariga terrorchilikni moliyalashtirganlik bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atish uchun topshirish ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar