Bayram arafasida sevimli telekanalingiz "Mening yurtim" ijodkorlari sizlar uchun maxsus kutilmagan sovg`alar hozirlamoqda.
Endi siz qo`shiqlarini tinglashga odatlangan xonandalarning dublyaj san`atidagi mahoratiga ham baho berishingiz mumkin.
Masalan, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayz, xonandalar Botir Qodirov, Jahongir Poziljonov, Shohruxxon birgalikda "Muzlik davri" va "Kung-fu Panda" va boshqa bir qancha multfilmlarni qayta ovozlashtirishda ishtirok etishdi.





