AQShning Las-Vegas shahrida o`tkazilgan “Koinot go`zali-2015” ko`rik tanlovida Filippin vakilasi 26 yoshli Pia Alonso Vurtsbax g`olib bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Dastlab boshlovchi Stiv Xarvining xatosi bilan sovrin 21 yoshli kolumbiyalik qiz Ariadna Guterres Arevaloga topshirildi. U yanglishib Ariadnani “Koinot go`zali” deb e`lon qildi. Ammo qizga g`oliblik tojini kiydirishganidan so`ng boshlovchi o`ziga berilgan konvertdagi g`olibning ism-familiyasini noto`g`ri o`qiganligini tan oldi. Shundan so`ng tanlovning o`tgan yilgi g`olibi Paulina Vega Guterresning boshidan tojni echib oldi va uni tanlovning haqiqiy g`olibi filippinlik Pia Alonso Vurtsbaxga kiydirib qo`ydi.
Filippinlik model qiz Germaniyada tug`ilgan. Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, qizni Filippin Prezidenti Benigno Akino III bilan ishqiy munosabatlar bog`laydi.
Xalqaro tanlov 16 dekabr, chorshanba kuni start olgan edi. Go`zallik musobaqalarida 80 nafar qizlar ishtirok etdi.





