So`nggi oylarda Germaniyaning ayrim hududlarida deport qilingan qochoqlar soni sezilarli darajada ortdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” “Der Spiegel” nashriga asoslanib.
Germaniya ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, yil boshidan noyabr so`nggiga qadar mamlakat hududiga boshpana izlab kelgan muhojirlarni deport qilish bilan bog`liq 18 mingta holat qayd etilgan.
Birgina Bavariya shahrining o`zi 3,6 mingga yaqin muhojirlarni hududidan chiqarib yuborgan. O`tgan yili esa bu ko`rsatkich ming kishini tashkil etgan edi.
Joriy yilning boshidan boshlab Gessen shahrini 2,3 ming nafar muhojir tark etgan. Bu o`tgan yilga nisbatan ikki baravar ko`p.
Germaniya hududidagi muhojirlar soni ko`paygan hudud Tyuringiya bo`ldi. Mazkur shahardan yil boshidan boshlab 152 nafar qochoq panoh topgan.
Xabarda aytilishicha, mazkur tadbir mamlakatga kirib kelayotgan sanoqsiz qochoqlar oqimini qisqartirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, o`tib borayotgan yilda mamlakat hududida bir milliondan ortiq muhojir ro`yxatdan o`tgan.
Sal avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakat hududiga yopirilib kelayotgan qochoqlar oqimini sezilarli darajada qisqartirish haqida gapirgan edi.





