O`zbekiston BMTning inson rivojlanish indeksida 114 o`rinni egalladi. BMTning taraqqiyot dasturi ushbu indeksni har yil chiqaradi, deya xabar beradi UzDaily nashri.
Inson rivojlanishi yangi Indeksiga ko`ra O`zbekiston 114 o`rinni egalladi (2014 yilda – 116 o`rinda). O`zbekistonda insonning rivojlanish Indeksi 0,675 (2014 yilda – 0,661) tashkil qiladi.
Ta`kidlash joizki, O`zbekiston inson rivojlanish bo`yicha o`rtacha darajadagi mamlakatlar guruhi orasidan joy olgan. Ekspertlar mamlakatlarni hayotning davomiyligi (O`zbekiston uchun u 68,4 yosh), o`rtacha tahsil olish davomiyligi (10,9 yil), kutilayotgan o`qish davomiyligi (11,5 yil) va aholi jon boshiga YaIM ($5,567 ming) baholadi.
Indeksda birinchi o`rinni Norvegiya egalladi. Avstraliya, Shveysariya, Daniya va Niderlandiya ilk beshlikdan joy oldi.
Inson rivojlanishi Indeksi — bu mamlakatda inson rivojlanish darajasining sof ko`rsatkichi bo`lib, u Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan tuziladi.





