Bugun ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kanizaning konserti kuni sahnada turmushga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Kaniza bilan bog`landik.
"Xozir bir minut dam olish yo`q, konsertimda to`yim bo`lgani uchun maxsus yor-yor qo`shig`i xam tayyorlamoqdaman. Shu kuni xalq oldida turmushga chiqaman. Shu uchun xam konsert bir kun bo`ladi. Bu reklama va piar emas, bu qarorga mana bugun aniq keldik va bemalol rasman e`lon qila olaman. Konsert kunini xozircha sir saqlashim kerak, zero bu sanada nafaqat to`yim balki ijodimga 10 yil bo`ladi va yana bir muxim sana shu kun bilan bog`liq. Uni konsert kunim rasman e`lon bo`lganida aytaman. Uch muxim sana bir kunda bo`ladi. Xullas, turmush o`rtog`im meni shu kuni saxnadan uyiga olib ketadi)", deydi xonanda.
Nima bo`lganda ham Kanizaga kelgusi turmushida baxt, ijodida omad tilab qolamiz!





