AsosiyJamiyat

Samarqand viloyati hokimi Yangi yilni restoranlarda nishonlashni taqiqladi

Samarqand viloyati hokimining buyrug`iga muvofiq 31 dekabr kuni barcha umumiy ovqatlanish muassasalari ishlamaydi, deb yozadi «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Viloyat hokimiyatida hokim Z. Mirzaev boshchiligida yangi yil bayramlarini nishonlash va unga tayyorgarlik ko`rishga bag`ishlangan majlis bo`lib o`tdi.

Majlisda odamlar to`planadigan joylarda xavfsizlik choralarini ta`minlash mavzusiga e`tibor qaratildi.

Yangi yil bayrami arafasida ko`ngilochar muassasalarga kech soat 23:00 gacha ishlash tavsiya etildi,  mehmonlar soni esa 400 kishidan oshmasligi tayinlandi. Yangi yil oilaviy bayram bo`lganligi sababli barchaga uni uyda oila davrasida kutish tavsiya etildi.

    Boshqa yangiliklar