AsosiySport

Ravshan Ermatov «Yilning eng yaxshi hakami» bo`lishi mumkin

Evropa klublari assosiasiyasi yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, futbol klubi, agenti va hakami nomiga nomzodlar ism-familiyasini e`lon qildi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Unga ko`ra, “Yilning eng yaxshi hakami” nomiga da`vogarlar orasida o`zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov ham bor.

Ro`yxatdan Ermatovdan tashqari Jyuneyt Chakir, Vilmar Roldan, Xoel Agilyar, Bakari Papa Gassama, Norbert Xauata kabi hakamlar ham o`rin egallagan.

Ovoz berish jarayoni besh kun davom etadi. Mukofotni topshirish marosimi 27-28 dekabr kunlari BAAda bo`lib o`tadi.

Yilning eng yaxshi futbol klubi, futbolchisi, murabbiyi va hakamini 17 kishidan iborat hakamlar hay`ati a`zolari aniqlab beradi. 2014 yilda “Yilning ex yaxshi hakami” maqomiga italiyalik hakam Nikola Riszolli sazovor bo`lgan edi.

2015 yilning eng yaxshi futbolchilari ro`yxatiga Lionel Messi (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Real”) va Janluiji Buffon (“Yuventus”) kabi futbolchilar kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar