Madridning “Real” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu CR7 brendi ostidagi mehmonxonalar tarmog`ini ochadi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Futbolchi mazkur loyihaga 37 million evro mablag` ajratgan. Ilk mehmonxonalar Portugaliya, Nyu-York va Madridda ochilishi rejalashtirilmoqda. Pestana mehmonxonalarining Portugaliyadagi tarmog`i loyihani amalga oshirishda taniqli futbolchining sherigi bo`lishi kutilmoqda.
“Men juda ko`p safarlarda bo`laman, shuning uchun har doim o`z mehmonxonamga ega bo`lishni orzu qilardim. Loyihaning ilk namunasini o`zim tug`ilib o`sgan, ota-onam va qarindoshlarim yashaydigan Madeyra shahrida barpo etiladi. Investisiya mablag`lari men va Pestana kompaniyasi tomonidan kiritiladi”, — dedi futbolchi.
Eslatib o`tamiz, Ronaldu CR7 brendi ostida kiyim-kechak, oyoq kiyimlari va ichki kiyimlar ishlab chiqaradi.
Joriy yilning may oyida Ronaldu “Dunyoning eng badavlat futbolchisi” deb tan olingan edi. Uning yillik daromadi 73 million evroni tashkil etadi.





