Yosh tushunchasi ayollar uchun muhim emas. Zero ayol kishi 20 yoshda ham, 40 yoshda ham go`zal va latofatli bo`lishi va umrining so`nggiga qadar bu go`zallikni saqlab qolishi mumkin.
Koko Shanel
Oyoq kiyim tanlovi haqidagi tashvishlar hech qachon ko`plik qilmaydi. Aksariyat ayollar oyoq kiyim tanlashga unchalik muhim ahamiyat qaratish shart emas deb hisoblaydi, aslida esa ayol kishining go`zal tashqi ko`rinishini birinchi navbatda uning oyoq kiyimi belgilab beradi.
Kristian Dior
Hech qachon modaning ortidan quvmang. Moda sizning ustingizdan hukm o`tkazishiga yo`l qo`ymang. O`z hayot tarzingiz va kiyinish uslubingiz bilan nimani ifodalamoqchi ekanligingizni o`zingiz hal qiling!
Janni Versache
O`z uslubiga ega bo`lish-ko`zga tashlanish degani emas, odamlarning yodida qolish demakdir.
Jorjio Armani
Ayollar tabiatan xunuk bo`lmaydi, dangasa bo`ladi xolos.
Koko Shanel
Moda — bu tarjimasiz tushunish mumkin bo`lgan til
Miuchcha Prada
Go`zal bo`lish uchun harakatni qalbingiz, yuragingizdan boshlang, aks holda hech qanday pardoz vositalari yordam bermaydi
Koko Shanel
Tufli sizning tashqi ko`rinishingizni butunlay o`zgartiradi. U sizni jismonan va ruhan ko`klarga ko`taradi.
Kristian Lubuten
Kamroq xarid qiling,eng saralarni tanlang va buni albatta o`zingiz qiling!
Viven Vestvud
Chiroyli bichimli ko`ylak istalgan ayolga yarashadi. Nuqta!
Koko Shanel





