“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatida yilning eng yaxshi murabbiyi deb etirof etildi.
Har yili an`anaviy tarzda o`tkaziladigan “Gran Galà del Calcio” taqdirlash marosimida bir nechta nominasiyalar bo`yicha eng yaxshilar nomi ma`lum bo`ldi.
Jumladan, “Yuventus” yil jamoasi deb topildi. Klub bosh murabbiyi Allegri esa ikkinchi marta yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi.





