Margaret Bador ismli ayol sochlarini yarim yil mobaynida shampunsiz yuvadi. Natijalar esa hayratlanarli! Quyida bunga o`zingiz amin bo`lasiz.
“Sochlarimni yuvishda shampun o`rniga ichimlik sodasi va olma sirkasidan foydalanib ko`rmoqchi edim. Mazkur muolaja bir oy davom etishi kerak edi. Ammo men uni to`xtatmaslikka qaror qildim”, — deydi Margaret Bador.
“Shampundan foydalanmayotganimga olti oy bo`ldi. Hammasi kichik tajriba o`tkazib ko`rish istagidan boshlandi. Tanishlarimdan biri menga bir oy mobaynida sochlarimni yuvishda o`zi o`tkazayotgan tajribadan foydalanib ko`rishni tavsiya qildi. Men uning taklifini istamaygina qabul qildim. Shampundan voz kechganimga afsuslanmayapman, aksincha xursandman. Natijalar meni quvontirdi.
Shampunsiz yuvayotganimdan beri sochlarim ancha sog`lomlashdi va silliqlashdi. Ularning yog`lanishi va kirlanishi ham kamaydi. Avvallari sochlarimni har ikki-uch kunda yuvgan bo`lsam, hozir to`rt-besh kunda yuvmoqdaman. Ular tobora yumshoq, jilokor bo`lib bormoqda. Avvalgidek qichishmayapti ham(shampun sochlarimni quritib yuborgan bo`lsa kerak). Umuman olganda, soch bilan bog`liq muammolarim kamaydi.
Sochlarimni tabiiy vositalar yordamida yuvishim pulimni ham tejamoqda. Olti oy mobaynida sochlarimni yuvish uchun yarim quti ichimlik sodasi va biroz olma sirkasi ishlatdim xolos”, — deydi Margaret.
Ham hamyonbop, ham foydali bu usul sizda ham qiziqish uyg`otgan bo`lsa quyidagi resept yordamida sochlaringizni parvarishlab ko`ring:
2 osh qoshiq ichimlik sodasini shisha idishdagi 500 ml suvga aralashtiring. Tayyor iliq aralashma bilan sochlarni chayib oling.
Endi esa 2 osh qoshiq olma sirkasi va 500 ml suv yordamida bu harakatni takrorlang. Bu aralashma uzun sochlar uchun mo`ljallangan. Agar sochingiz kaltaroq bo`lsa, kamroq aralashma ham etadi. Sochlaringizni yuvib bo`lgandan so`ng toza bo`lmagandek tuyulsa, keyingi safar aralashmaga sodani ko`proq qo`shish tavsiya etiladi.
Manba: marketium.ru.





