AsosiyJamiyat

Mustaqillik maydonida archa bezatish ishlari boshlandi

15 dekabrdan boshlab Mustaqillik maydonida yangi yil archasi va savdo rastalarini qurish ishlari boshlandi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Mustaqillik maydonidagi yangi yil archasi bayram tadbirlari joriy yilning 28 dekabridan 2016 yilning 8 yanvariga qadar davom etadi.

Har yili yangi yil arafasida bosh maydonimiz – mustaqillik maydonini bayramga xos tarzda bezatish an`ana aylangan. Toshkentliklar va poytaxt mehmonlarining bayramni munosib qarshi olishi uchun bu maydon har yili o`zgacha ko`rinish kasb etadi.
Shuningdek, poytaxtimizning Xadra maydoni va Chilonzor tumani ROISON binosi qarshisida ham yangi yil archalarini qurish ishlari boshlab yuborildi.

    Boshqa yangiliklar