AsosiyShou-biznes

Shahzoda Matchanova qo`liga qilich oldi

Iste`dodli aktrisa Shahzoda Matchanaova Facebook’dagi o`z sahifasiga quyidagi suratni joylab unga shu ta`rifni bergan:

—“Qirq qiz” dostonidagi asosiy qahramonlar. Jangga qatnashgan qiz o`z ona yurtini bosqinchilardan himoya qiladi. Men qoraqalpoq xalq dostoni asosida to`liq metrajli badiiy film ishlashlarini orzu qilaman. Bu badiiy filmda esa Guloyim obrazini o`ynashni orzu qilaman. Hozircha bu haqda qisqa metrajli film ishlanyapti.”

Nima ham derdik, biz ham orzularinggiz ushalib rejissyorlarimiz maishiy, navbatchi mavzulardan chekingan holda jiddiy hamda yuki bor tarixiy mavzular haqida o`ylashlarining tilakdoshimiz. 

    Boshqa yangiliklar