Yosh ijodkor Kamilla o`zining "Illyuziya" deb nomlangan rus tilidagi taronasi orqali ko`pchilikning e`tiborini o`ziga qaratdi. Shu kunlarda xonanda o`zbek tilidagi "Endi sevmaganday" qushig`iga ishlangan to`liq animasion klipini ommaga namoyish etdi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Klip 3D formatida «Pomidor entertainment» prodyusserlik markazida tayyorlandi. Klipni tayyorlash jarayoni 3 oy davom etdi. Klipdagi bosh qaxramon Kamillaning o`zidan chizib olingan.
Kamilla - yosh, iste`dodli xonanda. Ijodini 4 yoshidan Toshkentdagi "Alladin" estrada guruhidagi ilk chiqishlaridan boshlagan. 2009 yil fortepiano yo`nalishi bo`yicha musiqiy maktabni a`lo baholar bilan tamomlab, Estrada va Sirk kollejining "Estrada vokali" fakultetiga o`qishiga kiradi. 2012 yil esa O`zbekiston san`at va madaniyat institutining talabasi bo`ladi. 2015 yil "Pomidor entertainment" prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolab, bugungi kunda "Kamilla" taxallusi ostida ijod qilmoqda.





