Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi kelasi yozda olamshumul transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Qizil iblislar” yozda o`z safini “Real”ning ikki nafar yulduzi Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl hamda “Barselona” etakchisi Neymarlar bilan to`ldirishini rejalashtirmoqda.
Xabarlarga ko`ra, ingliz klubi bu futbolchilarni sotib olish uchun juda katta mablag`larni sarflashni rejaga kiritgan.





