AsosiyShou-biznes

Shahzoda Muhammedova nimadan darg`azab?

Aktrisa Shahzoda Muhammedova uning nomidan soxta sahifa ochgan internet foydalanuvchilarini ogohlantirdi. Bu haqda aktrisaning Instagram`dagi sahifasiga asoslanib, “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

“Hurmatli ettita Shahzoda Muhammedovalar! Yaxshimisizlar, charchamayapsizlarmi?”, - deya murojaat qildi aktrisa uning nomidan ochilgan sahifa egalariga. “Mening nomimdan sahifa ochib odamlarni aldayapsizlar. Men mega yulduz bo`lmasam, nima qilasizlar meni nomimdan soxta sahifalar ochib? Sahifamga kirib do`stlarim va meni kuzatuvchilar bilan janjallashib, odamlarni aldamanglar, iltimos”, - deydi aktrisa. Shuningdek, agar bu soxta sahifalar tez orada o`chirib yuborilmasa Muhammedova boshqa chora ko`rishga majbur bo`lishini ham ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar