Braziliyalik afsonaviy to`purar darvozabon Rojeriu Seni faoliyatini rasman tugatganligini ma`lum qildi.
Seni 1992 yildan to shu kungacha “San-Paulu” klubi sharafini himoya qilib keldi. Bu vaqt davomida Rojeriu 1237ta rasmiy o`yinda maydonga tushdi.
Seni uch karra Braziliya chempioni, uch karra Libertadores Kubogi va 2002 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi. 2008 yilda Seni Braziliyada eng yaxshi futbolchi deb topilgan.
Rojerio Seni FIFA tomonidan eng ko`p gol urgan (131) darvozabon sifatida tan olingan.





